Bugun Farg‘ona davlat universitetida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan “Yangi O'zbekistonning tayanchi, siz aziz ustozlar!” nomli tantanali konsert dasturi tashkil etildi.
Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, elimiz ardog‘idagi san’at ustalari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan ilmiy ishlar, innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Y. Ahmadaliyev rektor tabrigini o‘qib eshittirarkan, universitetda faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchi va xodimlarni tabriklar ekan fidoyi, zahmatkash ustozlar o‘z shogirdlariga bilim berish barobarida ular qalbiga insonga xos eng go‘zal ezgu xislatlarni, mehr-oqibat va odamiylik tuyg‘ularini singdirib borishini e’tirof etdi.
Shundan so‘ng, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoniga loyiq ko‘rilgan bir qator professor-o‘qituvchilarga mazkur ko‘krak nishonlar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirning badiiy qismidagi ashula va raqs, sahnalshtirilgan badiiy chiqishlar bayram kayfiyatiga o‘zgacha ruh va kayfiyat bag‘ishladi.
Yana bir bor universitet jamoasi barcha ustoz-murabbiylarni bayram bilan samimiy qutlaydi!