Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

E’TIROF: SHARAFLI MUKOFOT MUBORAK BO’LSIN!

10:36, 02.10.2025      

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Farg‘ona davlat universiteti jamoasi uchun quvonchli va faxrli yangilik: universitetimizning fidoyi, bilimdon va yuksak malakali professor-o‘qituvchilari “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Oliy ta’lim sohasidagi o‘ziga xos xizmatlari, kasbiy mahoratlari, fidokorona mehnatlari va mamlakatimiz ta’lim tizimi taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissalari uchun quyidagi ustozlarimiz ushbu yuksak mukofotga muyassar bo‘ldilar:

Farmanova Gulnara Komilovna – universitetimizning yirik ilmiy salohiyatga ega yetuk olimasi, pedagogika va psixologiya yo‘nalishlaridagi faoliyati bilan tanilgan;

Kambarova Dilorom Yusupovna – o‘quv-tarbiyaviy jarayonda yuqori samaradorlikka erishgan, yosh avlod tarbiyasiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi murabbiy;

Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna – ilmiy izlanishlari va tajriba asosidagi ta’lim metodikalari bilan o‘z o‘rnini topgan yetuk pedagog;

Abragimov Alidjan Aminovich – fundamental fanlar bo‘yicha chuqur bilim va boy tajribaga ega professor-o‘qituvchi;

Mamatov Mamadjon Axmadjanovich – ko‘p yillik mehnati, ilmiy ishlanmalari va zamonaviy yondashuvlari bilan e’tirofga sazovor bo‘lgan ustoz.

Ushbu yuksak e’tirof – nafaqat ustozlarimizning individual mehnatlariga berilgan baho, balki butun universitet jamoasi, ilmiy va pedagogik faoliyatimizning samaradorligidan dalolatdir. Bu mukofot – bilim va mehnat qadrlanadigan jamiyatda ustozlik kasbining naqadar sharafli ekani, fidokorlik va sadoqatning hech qachon e’tiborsiz qolmasligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi nomidan aziz professor-o‘qituvchilarimizni chin qalbdan tabriklab, ularning ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohasidagi ezgu faoliyatlarida yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! Sizning kuchli irodangiz, qat’iyat va sabr-toqatingiz tufayli kelajagimiz porloq, yurtimiz taraqqiyot sari intilmoqda. Siz bilan faxrlanamiz!