Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO EKSPERT ISHTIROKIDA IJTIMOIY ISHGA OID UCHRASHUV

15:01, 02.10.2025      

Farg‘ona davlat universitetida ijtimoiy ish yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun navbatdagi amaliy va ilmiy jihatdan boy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari universitet talabalari bilan ochiq muloqot tarzida suhbat olib bordilar.

Uchrashuvning asosiy maqsadi – talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish hamda davlat ijtimoiy himoya tizimining real faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur uchrashuvda talabalar uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarmasi hamda uning tasarrufidagi ijtimoiy muassasalarda amaliyot o‘tash imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu esa ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, talabalar mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning kundalik faoliyati, ijtimoiy yordamlarning manzilliligi, xizmatlarning samaradorligi kabi dolzarb masalalar yuzasidan keng qamrovli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbirda universitetning ijtimoiy ish kafedrasi mudiri Bekzod Tolipov, shuningdek ijtimoiy ish sohasida 33 yillik tajribaga ega bo‘lgan, Germaniyaning SES (Senior Expert Service) tashkiloti professori, hozirda FarDUda faoliyat olib borayotgan Dr. Jall Hubert Bernhard ham ishtirok etdi.

Dr. Bernhard talabalar bilan o‘zining boy tajribasini, xalqaro ijtimoiy ish amaliyotiga oid misollarni sodda, tushunarli va interaktiv uslubda ulashdi. Bu esa talabalarda sohaga bo‘lgan qiziqishni oshirib, kasbiy o‘sishga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirdi.

Mazkur uchrashuv Farg‘ona davlat universitetining amaliyotga yo‘naltirilgan, sifatli ta’lim strategiyasining amaldagi yorqin namunasidir. Talabalar nazariy bilimlarini real amaliyot bilan bog‘lash orqali nafaqat malakali mutaxassisga, balki jamiyatda muhim ijtimoiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarga aylanishmoqda.