Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO KONFERENSIYA: ILM-FAN YUTUQLARI XALQARO MINBARDA

16:20, 02.10.2025      

Farg’ona davlat universiteti professori Marokashning Beni Mellal shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Quyosh elementlari va ulardan samarali foydalanish istiqbollari” muhokamasiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada faol qatnashib, munosib ishtirokchilar safidan o’rin egalladi.

Ushbu nufuzli ilmiy anjumanda Farg‘ona davlat universiteti Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Sattor Otajonov o‘zining dolzarb va chuqur ilmiy izlanishlariga asoslangan ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdi.

Professor S. Otajonov konferensiya davomida “Chuqur aralashma sathli p-CdTe-n-CdS va p-CdTe-n-CdSe geterastrukturalari asosidagi quyosh elementlarining fotoelektrik xususiyatlari va ulardagi tok o‘tish mexanizmlari” mavzusida taqdimot o‘tkazib, quyosh energiyasi asosida ishlovchi yangi avlod fotoelementlarining samaradorligi, fizik asoslari hamda ularning sanoat va ekologiya uchun ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Bu ilmiy yo‘nalish – bugungi kunda butun dunyoda barqaror energiya manbalariga o‘tish, yashil texnologiyalarni joriy etish, hamda energiya samaradorligini oshirish kabi global maqsadlar bilan bevosita bog‘liqdir.

Mazkur ishtirok nafaqat professor Otajonovning ko‘p yillik ilmiy mehnatiga berilgan e’tibor, balki Farg‘ona davlat universitetining xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganining yana bir yorqin ifodasidir.

Universitetimiz olimlarining bunday nufuzli xalqaro anjumanlardagi faol qatnashuvi:

- ilmiy aloqalarning kengayishi;

- xalqaro tajribaning almashinuvi;

- va eng asosiysi, yosh tadqiqotchilar uchun yangi ufqlar ochilishiga xizmat qiladi.

Farg‘ona davlat universiteti bugun nafaqat ta’lim, balki ilm-fan sohasida ham o‘zining mustahkam pozitsiyasini yaratmoqda. Professor S. Otajonovning xalqaro miqyosdagi ilmiy chiqishlari esa universitet ilmiy salohiyatining yorqin namunalaridan biridir.