Joriy 7–8-oktabr kunlari o’tkazilishi kutilayotgan nufuzli xalqaro tadbir “O‘zbekiston – Belarus Ta’lim Forumi”ga Farg‘ona davlat universiteti yana bir bor mezbonlik qiladi. Mazkur ta’lim forumi – ilm, fan va madaniyat ko‘prigi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Belarus Respublikasi Ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilayotgan oliy ta’lim, fan va innovatsiya sohalaridagi strategik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.
Undan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida oliy hamda kasbiy ta’lim yo‘nalishida mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar, akademik almashinuv dasturlari va innovatsion tashabbuslarni rivojlantirishdir. Shuningdek, tadbir doirasida ikki xalq o‘rtasidagi madaniy va gumanitar aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilishi rejalashtirilgan.
Forum dasturidan quyidagi muhim yo‘nalishlar o‘rin olgan:
Bu tadbir nafaqat ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’limiy aloqalarni, balki yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov forum ishchi guruhi bilan navbatdagi yig‘ilishda ishtirok etib, tayyorgarlik jarayonining har bir bosqichini batafsil ko‘zdan kechirdi. U tadbirni yuksak saviyada o‘tkazish, mehmonlarga qulay va samimiy muhit yaratish, hamda Farg‘ona viloyatining ilmiy, madaniy salohiyatini keng namoyish etish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.
“O‘zbekiston – Belarus Ta’lim Forumi” nafaqat mintaqaviy balki xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, amaliy natijalarga erishish va barqaror hamkorlik poydevorini yaratish imkonini beradi. Bu tashabbus O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining ochiqligi, hamkorlikka tayyorligi va zamonaviy bilimlar maydonida faol ishtirokchiga aylanganining yana bir yorqin dalilidir.