Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” KELAJAK EGALARIGA E’TIBOR

09:57, 04.10.2025      

Farg‘ona davlat universitetining Chet tillari fakultetida “Rektor va yoshlar” loyihasi doirasida talaba-yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirok etib, talabalar bilan samimiy suhbat qildi.

Tadbir davomida rektor universitetning bugungi kundagi yutuqlari, xalqaro reytinglardagi o‘rni, shuningdek, Chet tillari fakultetining tashkil topish tarixi va istiqbolli rejalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Uchrashuvning alohida e’tiborga molik jihati – rektorning birinchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqoti bo‘ldi. U ularni talabalar safiga qabul qilinganlari bilan qutlab, milliy qadriyatlar, buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularga munosib bo‘lish zarurati haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, yoshlarni ilm-fan, madaniyat va sport yo‘nalishlarida faol bo‘lishga, xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga hamda kasbiy mahorat ustida tinimsiz ishlashga chorladi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va muammolarini ochiq bayon etishdi. Bildirilgan fikrlar rektor tomonidan diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Bu kabi uchrashuvlar talabalar va universitet rahbariyati o‘rtasidagi ishonchli muloqotni mustahkamlash, muammolarga joyida yechim topish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.