Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

TIL SAVODXONLIGI BO’YICHA HUQUQ - TARG’IBOT XODIMLARI BELLASHUVI

13:17, 04.10.2025      

Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona viloyat prokuraturasi boshqarmasi, Ma’naviyat-targ‘ibot markazi va Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Mazkur tadbirda huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etib, ona tilimizga hurmat va sadoqatni namoyish qildilar. Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining savodxonlik darajasi, ifodali o‘qish qobiliyati hamda matnni chuqur tahlil qilish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi nafaqat huquq-tartibot xodimlarining ona tilimizni bilish va uni ravon qo‘llash qobiliyatini oshirish, balki ularni tilga bo‘lgan muhabbat va hurmatni kuchaytirish, milliy madaniyatimizni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishdir.

Tanlovda ishtirokchilar tomonidan o‘zbek adabiyotining durdona namunalaridan parchalar ifodali tarzda o‘qilib, tahlil qilindi. Shu bilan birga, tilga oid murakkab savollar orqali qatnashchilarning bilim darajasi baholandi.

Tanlov yakunida eng faol va mahoratli ishtirokchilar taqdirlandi. Ushbu tadbir nafaqat professional mahoratni oshirishga, balki davlat tilining jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining yillar davomida ahamiyati ortib borayotgani, bu tilning har bir sohada, jumladan huquq-tartibot organlarida ham samarali qo‘llanilishi jamiyatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

Farg‘ona davlat universiteti, viloyat huquq-tartibot idoralari va hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi bunday hamkorlik faoliyati milliy qadriyatlarimizni asrash va rivojlantirishga xizmat qilmoqda.