Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

ILMIY SALOHIYAT

13:21, 04.10.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi katta o‘qituvchisi Kaxarov Qobil Shuhrat o‘g‘li o‘zining ilmiy izlanishlari bilan navbatdagi yutuqqa erishdi. U 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha taqdim etgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.

Kaxarov Qobilning “O‘zbek va nemis oilalari nutqiy etiketining lingvokulturologik tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashda ko‘rib chiqildi. Yig’ilishda ilmiy kengash a’zolari tomonidan taqdim etilgan ish yuqori baholandi va 100% ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Dissertatsiyada o‘zbek va nemis xalqlarining madaniy kodlari, oilaviy muomala madaniyati va nutqiy etiketi lingvokulturologik tahlil asosida solishtirildi. Ushbu ilmiy ish nafaqat tarjimashunoslik va qiyosiy tilshunoslik yo‘nalishida, balki milliy va xorijiy madaniyatlararo muloqotni chuqurroq anglashda ham muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.