Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDU TALABALARI – “ENG FAOL TARG’IBOTCHI VA KITOBXON YOSHLAR”

14:19, 04.10.2025      

Fargʻona davlat universiteti talabalari kitobsevarlik, ma’naviyat va targ‘ibot borasidagi faol ishtiroklari bilan yana bir bor e’tirofga sazovor bo‘lishdi. Ular “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2025-yilgi 3-mavsumida munosib qatnashib, faxrli natijalarni qo‘lga kiritishdi.

Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Maʼmurova Dilyora Olimbek qizi tanlovda 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, nafaqat universitet, balki viloyatimiz sha’nini munosib himoya qildi. Dilyoraning bu yutug‘i yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va uni ommalashtirishdagi fidokorona mehnatining natijasidir.

Shuningdek, talabalarning faol ishtiroki “Eng faol targʻibotchi” nominatsiyasi bo‘yicha ham yuksak baholandi.

– Aliqulova Fotimaxon Saloxiddin qizi (Filologiya fakulteti, 3-bosqich) – 3-o‘rin,

– Abdujalilova Dilnura Yursinali qizi (Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili yo‘nalishi, 2-bosqich) – 1-o‘rinni egalladi.

Marosimda tanlovning barcha 3 mavsumida faol qatnashgan g‘olib va sovrindor yoshlarga noutbuk, smart televizor, planshet kabi qimmatbaho sovg‘alar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplom va sertifikatlari topshirildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – kitobxonlikni yoshlar orasida targ‘ib qilish, ularning tanqidiy va ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda faolligini oshirishdir.

Fargʻona davlat universiteti jamoasi tanlov g‘oliblarini samimiy muborakbod etadi va ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi. Bunday yutuqlar, shubhasiz, FarDU talabalari intellektual salohiyatining yuksakligidan dalolat beradi.