2025-yil 7–8-oktyabr kunlari Farg‘ona davlat universitetida muhim xalqaro tadbir — “O‘zbekiston – Belarus ta’lim forumi” bo‘lib o‘tadi. Ushbu forum O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Belarus Respublikasi Ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligida Forumga tayyorgarlik jarayonlarini batafsil o‘rganishdi.
Tashrif davomida Forum doirasida rejalashtirilgan barcha tadbirlar uchun zarur bo‘lgan joylar, infratuzilma va xonalar sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Jumladan:
Ushbu forum ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida samarali hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va dasturlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Farg‘ona davlat universiteti va vazirlik vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari yuqori darajada tashkil etilmoqda, va bu forumning muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonch bildirilyapti.
“O‘zbekiston – Belarus ta’lim forumi” nafaqat ikki tomonlama ta’lim tizimi o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi, balki yosh mutaxassislar, olimlar va professor-o‘qituvchilar uchun hamkorlik va tajriba almashish maydoniga aylanadi.