Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​INNOVATSION HAFTALIK DOIRASIDA O’QUV- SEMINAR

15:28, 06.10.2025      

Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “INNOWOMENWEEK-2025” innovatsion haftaligi doirasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan “YANGI O’ZBEKISTONNING OLIMA QIZIMAN” shiori ostidagi “Uch avlod uchrashuvi” anjumani Farg’ona davlat universitetida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir 2025-yil 13-avgustda viloyat hokimligining 284/01-49 sonli yig‘ilish qaroriga muvofiq tashkil etildi va xotin-qizlar innovatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish hamda ilm-fan va tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritayotgan ayollar o‘rtasida tajriba almashish maqsadida o‘tkazildi.

Universitetning xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda nafaqat ilm-fan sohasida katta yutuqlarga erishgan olima ayollar, balki ularning shogirdlari, doktorantlar va magistrantlar ham faol ishtirok etdilar. Tadbirda Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari Mirzayeva Sadoqat Alisherovna, Xotin-qizlar Gender tengligi markazi rahbari Egamberdiyeva Turg‘unoy Ahmadjonovna, Iqtisodiyot fakulteti dekani i.f.d., prof. G.Xankeldiyeva, shuningdek, Filologiya fanlari doktori, professor IskandarovaSharifaMadaliyevna kabi taniqli olima ayollar o‘z fikr va tajribalarini o‘rtoqlashdilar.


Uchrashuv o‘quv-seminar tarzida o‘tkazilib, zamonaviy ayol va innovatsiyalar mavzularida chuqur muhokamalar bo‘ldi. Muhim mavzular qatorida quyidagilar ko‘tarildi:

“Ayollar va innovatsion iqtisodiyot: global tendensiyalar” — dunyo hamjamiyatidagi ayollarning innovatsion iqtisodiyotdagi o‘rni va global rivojlanish tendensiyalari haqida so‘z bordi.

“Ayollar yaratgan muvaffaqiyatli innovatsion loyihalar” — olima va tadbirkor ayollarning aniq loyihalari misolida innovatsiyaning amaliy natijalari taqdim etildi.

“Ayol tadbirkorlikda muvaffaqiyat formulasi” — tadbirkorlik sohasida ayollarning o‘ziga xos yondashuvlari va muvaffaqiyat siri o‘rganildi.

“Kelajak sari: Ayol tadbirkorlar muvaffaqiyati va liderlik” — zamonaviy jamiyatda ayol liderlarning roli va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.

“Tadbirkorlik sari qadam” va “Iqtisodiy ong va tadbirkorlik madaniyati” mavzulari orqali esa yosh xotin-qizlarni tadbirkorlikka qadam qo‘yishga ruhlantirish, iqtisodiy bilimlarni oshirish borasidagi muhim maslahatlar berildi.

Bugungi kunda jamiyat rivojida ayollarning innovatsion faoliyati va tadbirkorlikdagi faolligi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi” bu yo‘ldagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, u nafaqat o‘tgan va hozirgi avlod olimlari va tadbirkor ayollari o‘rtasida bilim va tajriba almashinishga, balki yosh avlodni rag‘batlantirishga ham xizmat qiladi.

“YANGI O’ZBEKISTONNING OLIMA QIZIMAN” shiori ostidagi ushbu innovatsion uchrashuv ayollarning ilm-fan, innovatsiya va tadbirkorlik sohasidagi muvaffaqiyatlarini yuksaltirish, yangi avlodga yo‘l ko‘rsatish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan keng ko‘lamli islohot va qo‘llab-quvvatlashlarning muhim qismi sifatida tarixda o‘rin oldi.

Farg‘ona davlat universiteti va viloyat hokimligi xotin-qizlar faolligini yanada oshirish, ularning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini amalga oshirishda hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini yana bir bor namoyish etdi.