Axborot-resurs markazida muhim ilmiy-amaliy tadbir — B.Sh. Shermuhammadov, Y.T. Dodoboev, T.A. Egamberdieva, B.T. Rustamov muallifligidagi “Ta’lim klasteri” hamda B.Sh. Shermuhammadov, E.N. Nuraliev, T.A. Egamberdieva, Y.T. Dodoboev, K.S. Kamalov muallifligidagi “Pillachilik klasteri” nomli kitoblar taqdimoti tashkil etildi.
Tadbirda kitob mualliflari, ilmiy xodimlar va talabalar ishtirok etdi. Ta’lim va pillachilik sohalarida yangi innovatsion yondashuvlarni o‘zida mujassam etgan ushbu nashrlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Taqdimot davomida ishtirokchilar klaster tizimining zamonaviy iqtisodiyot va ta’limda tutgan o‘rni, hamda uning hududiy rivojlanishga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri haqida fikr almashdilar.
Tadbirda ta’kidlanganidek, klaster yondashuvi nafaqat ta’lim va sanoatning birlashishiga, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga ham xizmat qiladi.
Ushbu kitoblar taqdimoti ilmiy hamjamiyat uchun yangi turtki bo‘lib, o‘zaro tajriba almashish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish uchun mustahkam zamin yaratadi. Tadbir yakunida mualliflar kitoblar asosida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar haqida ham qisqacha fikr bildirishdi.
Farg‘ona davlat universiteti o‘zining ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy bilimlarni yurtimiz rivojiga xizmat qilish uchun faol qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.