Farg‘ona davlat universiteti mezbonligida “O‘zbekiston – Belarus ikkinchi ta’lim forumi” o‘z ishini boshlash arafasida. Bu muhim xalqaro tadbir ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Farg‘ona xalqaro aeroportida Belarus va O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari milliy kuy-qo‘shiqlar va madaniy an’analar ruhida tantanali kutib olindi. Mehmonlarga nufuzli universitet jamoasi tomonidan iliq va do‘stona munosabat ko‘rsatildi.
Forum ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunlab, belgilangan dastur asosida faoliyat boshlashga tayyorlanmoqda. Tadbir doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy sessiyalar o‘tkaziladi:
Shuningdek, forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda ikki mamlakat ta’lim tizimidagi yutuqlar, yangi texnologiyalar va innovatsion yechimlar taqdim etiladi.
Farg‘ona davlat universiteti ushbu forumni o‘tkazish orqali xalqaro ta’lim hamkorligini kengaytirish, yosh mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar va olimlar o‘rtasida bilim almashishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Universitet jamoasi mehmonlarga barcha qulay sharoitlarni yaratgan holda, forumning muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlamoqda.
“O‘zbekiston – Belarus ikkinchi ta’lim forumi” ta’lim sohasida yangi hamkorlik imkoniyatlarini ochib beradi va ikki mamlakat ta’lim tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim platforma bo‘lib qoladi.