Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

HUNARMANDLAR SHAHRIDA DO’STLIK VA MAHORAT UYG’INLIGI

12:26, 08.10.2025      

Kunning ikkinchi qismida yurtimiz va Belarus delegatsiyasi qadimiy Marg‘ilon shahrining yuragi — Hunarmandlar markaziga tashrif buyurdi. Bu maskan nafaqat hunar, balki tarix va san’at uyg‘unlashgan muqaddas joy sifatida e’tirof etiladi.

Delegatsiya a’zolari bu yerda atlas va adras to‘qish jarayonini, gilamchilik, tikuvchilik, zargarlik hamda maishiy xizmat turlarini katta qiziqish bilan kuzatishdi.

Usta qo‘llarning har bir harakati, ip-u ignaning ohangida mujassam badiiy did va sabr-toqat mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi. Tadbirning eng zavqli lahzalaridan biri milliy liboslar ko‘rgazmasi bo‘ldi. Podiumda namoyish etilgan rang-barang kiyimlar o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, nozik didi va zamonaviy qarashlarini o‘zida mujassam etdi.

Bu uchrashuv ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlab, hamkorlik va do‘stlik rishtalarini yanada kuchaytirdi. Marg‘ilon — hunarmandlik va go‘zallik beshigi sifatida yana bir bor o‘zining qadimiy an’analarini, mehmondo‘stligini va yaratuvchan ruhini namoyon etdi.