Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FORUM MUHOKAMALAR MARKAZIDA - TA’LIM, ILM-FAN VA KADRLAR TAYYOLASH

15:23, 08.10.2025      

Farg‘ona viloyatida davom etayotgan “O‘zbekiston – Belarus professional va oliy ta’lim forumi”ning ikkinchi kuni mazmunli sessiyalar va sermahsul muhokamalar bilan davom etdi. Forum doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiluvchi sho‘ba yig‘ilishlari tashkil etildi.

Kun davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi:

  • -“O‘zbekiston va Belarusning ta’lim sohasidagi hamkorligi”;
  • -“Ilm-fan sohasidagi hamkorlik”;
  • -Professional kadrlar tayyorlash tizimida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish”.

Mazkur sessiyalarda har ikki mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ta’lim mutaxassislari ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashishdi. Ta’limdagi zamonaviy muammolar, ilg‘or yondashuvlar va integratsiyalashgan dasturlar haqida fikrlar bildirildi.

Forumda aytilganidek, bugungi globallashuv sharoitida ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirishda xalqaro hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi akademik hamkorlik bu yo‘nalishda yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Ma’ruzalar davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ilgari surildi:

  • -Oliy ta’limda qo‘shma dasturlar va ikki diplomli ta’limni rivojlantirish;
  • -Akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
  • -Ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida qo‘shma loyihalar ishlab chiqish;
  • -Ta’lim eksportini strategik yo‘nalish sifatida shakllantirish;
  • -Yig‘ilish yakunlari va kelajak rejalar;
  • -Forum sessiyalari yakunida ishtirokchilar ikki tomonlama tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish va barqaror axborot almashinuvi tizimini yaratish bo‘yicha kelishuvlarga erishishdi.

Kelgusida seminarlar, tajriba almashuvlari va qo‘shma tadbirlar orqali hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi. Bu esa ikki davlat o‘rtasida nafaqat ta’lim, balki innovatsion taraqqiyot va kadrlar tayyorlash tizimida ham barqaror integratsiyani ta’minlaydi.

Forum davom etmoqda. Yangi hamkorlik g‘oyalari va qo‘shma tashabbuslar bo‘yicha kelishuvlar yaqin orada amaliy natijalarini ko‘rsatishi kutilmoqda.