Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Olimova Nilufar Qosimjon qizi yangi yutuqqa erishdi. U 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak ona tili o‘qituvchilarini xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilarning nutqiy kompetentligini rivojlantirishga tayyorlash metodikasi” mavzusidagi dissertatsiyasini Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi Ilmiy Kengashda himoya qilib, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Nilufar Olimovaning ilmiy ishi ta’lim nazariyasi va metodikasida dolzarb mavzulardan biri – ona tili o‘qituvchilarini xalq og‘zaki ijodi orqali nutqiy kompetentsiyani shakllantirishga tayyorlashga bag‘ishlangan. Bu metodika o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib, ona tili fanining mazmunini boyitishga hamda milliy madaniyatni saqlashga xizmat qiladi.
Andijon davlat pedagogika instituti Ilmiy Kengashi huzurida o‘tkazilgan himoyada Nilufar Olimova o‘z ishini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.