
2025-yilning eng yirik va istiqbolli tadbiri – InnoWeek - 2025 doirasida Yoshlar Akademiyasi Assambleyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu muhim yig‘ilishda Prezident Administratsiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi rahbarlari hamda Nobel mukofoti sovrindori Rik Leymans kabi nufuzli shaxslar ishtirok etdi.
Assambleya yoshlar orasidagi yetakchilik salohiyatini oshirish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish hamda yoshlar bilan ishlashning samarali mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan muhim masalalarni muhokama qilish uchun platforma bo‘ldi. Tadbirga 130 dan ortiq yosh liderlar, tanlov g‘oliblari va faol yosh a’zolar taklif etildi. Ular o‘zaro fikr almashib, yangi g‘oyalar va tashabbuslarni ilgari surishdi.
Farg‘ona davlat universiteti Yoshlar akademiyasi lideri Xomidjonova Gavharoyning faol ishtiroki ushbu assambleyaning yana bir muhim voqeasiga aylandi. U o‘zining liderlik tajribasi va innovatsion fikrlari bilan yig‘ilishga o‘ziga xos rang berdi. Gavharoy va uning jamoasi yoshlarga mo‘ljallangan yangi loyihalar va g‘oyalarni ilgari surib, jamiyatda innovatsiyalar va rivojlanish uchun yangi ufqlarni ochdi.
InnoWeek - 2025 Yoshlar akademiyasi uchun nafaqat o‘zaro muloqot, balki o‘z imkoniyatlarini kengaytirish va mamlakatimiz kelajagiga sezilarli hissa qo‘shish uchun noyob imkoniyat bo‘ldi. Ushbu assambleya yoshlar ishtirokida amalga oshirilayotgan yangiliklar va ijtimoiy rivojlanish yo‘lida muhim qadam sifatida tarixga kirdi.