Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”: TASHABBUSKOR YOSHLAR SPORT MAYDONIDA HAM YETAKCHI!

06:47, 15.10.2025      


“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi mini futbol musobaqalari talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishi va jamoaviy uyg‘unligini namoyon etdi. Guruhlararo 1-bosqich musobaqalari shiddatli raqobat, sportga xos halollik va yuqori ruhda o‘tdi.

Musobaqalar davomida har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuch va salohiyatini ishga soldi. Talabalar nafaqat futbol maydonida o‘zini ko‘rsatdi, balki o‘zaro hurmat, birdamlik va jamoaviylik tamoyillarini ham amalda isbotladilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

3-o‘rin – 24.122-guruh jamoasi,

2-o‘rin – 24.125-guruh jamoasi,

1-o‘rin esa 24.124-guruh jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindor jamoalar tantanali tarzda diplomlar bilan taqdirlanib, ularning sportdagi fidokorona sa’y-harakatlari e’tirof etildi. Bunday musobaqalar nafaqat g‘oliblarni aniqlaydi, balki talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Musobaqaning navbatdagi bosqichlari ham yaqin kunlarda start oladi. Endilikda jamoalar keyingi bosqichda yanada yuqori darajadagi o‘yin namoyish etish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Mazkur musobaqalar Prezident ilgari surgan “Besh muhim tashabbus”ning birinchi yo‘nalishi — yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishni targ‘ib qilish maqsadlariga xizmat qilmoqda. Tashabbuskor, faol va iqtidorli talabalar esa bu yo‘nalishda ham yetakchi bo‘layotgani quvonarli hol.