Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“TINCHLIK FORUMI” ISHTIROKCHILARI RISHTON KULOLCHILIK MARKAZIDA

08:38, 15.10.2025      


Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro “Tinchlik forumi” doirasida tashkil etilgan madaniy-ko‘rgazmali maydonlarda O‘zbekistonning turli hududlariga xos hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etildi. Ushbu ko‘rgazmaning yorqin va e’tiborga loyiq burchaklaridan biri — Rishton kulolchilik maktabiga bag‘ishlangan ekspozitsiya bo‘ldi.

Rishtonlik mashhur usta-kulol Shokirjon Ahmadjonov tomonidan tayyorlangan noyob kulolchilik mahsulotlari forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Naqshlarining betakrorligi, ranglar uyg‘unligi va har bir buyumga singdirilgan milliy ruh xorijiy mehmonlar va san’at ixlosmandlarining alohida e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Ko‘rgazma davomida usta Shokirjon Ahmadjonov mehmonlarga Rishton kulolchilik an’analari, sirli sirlar, naqshlar ortidagi falsafa hamda mahsulotlar tayyorlanish bosqichlari haqida batafsil tushuntirib berdi. Ayniqsa, forum qatnashchilari uchun har bir buyumning o‘ziga xos tarixi va ma’nosi borligi katta taassurot qoldirdi.

Kulolchilik mahsulotlari orqali milliy madaniyat, estetik did va xalqning tarixiy tafakkuri qanday ifoda topishini ko‘rsatgan ushbu ekspozitsiya O‘zbekistonning boy madaniy merosini yana bir bor dunyoga tanitdi.