Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

XALQARO HAMKORLIK

14:53, 15.10.2025      

Farg‘ona davlat universitetining Filologiya fakulteti rus tili metodikasi kafedrasi dosentlari Zilola Tashtemirova va Murod Baxramova Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) taklifiga binoan ushbu nufuzli universitetning filologiya fakultetiga tashrif buyurishdi. RUDN universiteti TOP-500 xalqaro universitetlar qatoriga kirib, ilmiy va ta’lim sohasidagi yetakchi markazlardan biri hisoblanadi.

Tashrif davomida dosentlar fakultet ilmiy va o‘quv faoliyati bilan yaqindan tanishib, universitetdagi innovatsion yondashuvlar, o‘qitish metodikalari va ilmiy loyihalar haqida batafsil ma’lumot oldilar. Ushbu hamkorlik o‘zaro tajriba almashish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Hozirgi vaqtda Z.Tashtemirova va M.Baxramova RUDN universitetida rus tili va badiiy matnlarning lingvistik tahlili bo‘yicha maxsus modullarda amaliy mashg‘ulotlarni boshladilar. Bu esa filologiya sohasidagi zamonaviy bilimlarni chuqurlashtirish, yangi metodikalarni o‘rganish hamda ikki universitet o‘rtasida o‘quv jarayonini boyitish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ushbu ilmiy va ta’limiy hamkorlik ikki mamlakat talabalari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilib, xalqaro miqyosda filologiya fanining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Farg‘ona davlat universiteti jamoasi bunday nufuzli universitet bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga intilmoqda.