Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

NUFUZLI XALQARO TINCHLIK FORUMI – FARG’ONADA!

15:20, 15.10.2025      

Ayni kunlarda Farg‘ona davlat universiteti “Farg‘ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo‘lida birdamlik” mavzusida Farg‘ona tinchlik forumining birinchi yig‘ilishiga mezbonlik qilmoqda.

Farg‘ona davlat universitetida “Farg‘ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo‘lida birdamlik” mavzusida Farg‘ona tinchlik forumining birinchi yig‘ilishining ochilish marosimi boshlandi.

Anjumanda Markaziy Osiyo, MDH, Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi, shuningdek, Tojikistonning So‘g‘d va Qirg‘iz Respublikasining Botken viloyati rahbarlari qatnashmoqda.

Ochilish marosimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ochib, ilk bor o‘tkazilayotgan Farg‘ona Tinchlik forumi xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim maydon bo‘layotganini qayd etdi.

Tinchlik forumining birinchi yig‘ilishida so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov barcha ishtirokchilarni anjuman bilan qutladi.

Farg‘ona tinchlik forumi — bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoni tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik mintaqasiga aylantirish siyosatining amaldagi ifodasi ekanligini ta’kidladi.

So‘nggi to‘qqiz yil ichida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari misli ko‘rilmagan darajaga yetgani, Prezidentlarimiz ochiq va pragmatik siyosatlari, do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish tashabbuslari tufayli O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilganligi qayd etildi.