Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FARG’ONA TINCHLIK FORUMI: MINTAQAVIY BIRDAMLIK SARI DADIL QADAM!

15:38, 15.10.2025      

Farg‘ona tinchlik forumi bu – kelajakka qaratilgan harakat, bu – tinch va farovon Markaziy Osiyo sari birgalikdagi qadam.

Farg‘ona shahri Markaziy Osiyodagi eng dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun global muloqot maydoniga aylandi. Farg‘ona davlat universitetida ilk bor tashkil etilgan “Farg‘ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo‘lida birdamlik” mavzusidagi Farg‘ona tinchlik forumining birinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Forum ochilishida Markaziy Osiyo, MDH, Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, Tojikistonning So‘g‘d va Qirg‘izistonning Botken viloyati rahbarlari ishtirok etmoqda. Ushbu nufuzli tadbir mintaqaviy birdamlik, tinchlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi muhim bosqich sifatida baholanmoqda.

Ochilish marosimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ochib berdi. U o‘z nutqida Farg‘ona Tinchlik forumi xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashda yangi sahifa ochayotganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov so‘z olib, forum ishtirokchilarini samimiy tabrikladi hamda ushbu anjuman Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoni tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va barqaror taraqqiyot mintaqasiga aylantirish borasidagi siyosatining amaliy ifodasi ekanini alohida qayd etdi.

Forumda so‘zga chiqqan nufuzli mehmonlar –