Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

YEVROPA ITTIFOQINING MAXSUS VAKILLARI FARG’ONA TINCHLIK FORUMINI YUQORI BAHOLADILAR

15:56, 15.10.2025      


Farg‘onada bo‘lib o‘tayotgan Tinchlik forumi doirasida muhim xalqaro uchrashuvlar va fikr almashuvlari davom etmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida Eduards Stiprays Farg‘onada o‘tkazilayotgan Tinchlik forumining yuqori saviyada tashkil etilganini e’tirof etdi. U O‘zbekistonning tinchlikparvar tashabbuslarini yuqori baholab, bu kabi muloqot maydonlari nafaqat mintaqaviy barqarorlik, balki xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Yevropa Ittifoqi vakili O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar tufayli Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilayotganini qayd etdi. Ayniqsa, mintaqada yuzaga kelgan strategik sheriklik ruhidagi aloqalar global darajada ham e’tirof etilayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar uchrashuvda Farg‘ona vodiysining iqtisodiy salohiyati, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, yashil energetika, ekologiya, ta’lim va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar. Eduards Stiprays Yevropa Ittifoqi tomonidan ushbu yo‘nalishlarda O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Shu bilan birga, forum doirasida xalqaro ekspertlar, davlat va jamoat arboblari, akademik doiralar vakillari ishtirokida tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot masalalariga bag‘ishlangan panel sessiyalar bo‘lib o‘tmoqda. Farg‘onaning mehmondo‘stligi, infrastrukturaviy imkoniyatlari va xalqaro anjumanlarni qabul qilishga tayyorligi xorijiy mehmonlarda iliq taassurot qoldirmoqda.

Tinchlik forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi O‘zbekistonning global va mintaqaviy muammolarni hal etishdagi faol ishtirokini yana bir bor tasdiqlamoqda. Mazkur xalqaro maydon, shubhasiz, tinchlik, barqarorlik va hamkorlik yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib qoladi.