
Namangan viloyatida sportning taekvondo WT turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston Open” xalqaro musobaqasi yurtimiz sportchilari uchun yirik sinov maydoniga aylandi. 14-oktabr kuni start olgan ushbu nufuzli turnirda respublika va xorijiy davlatlardan yuzlab iqtidorli sportchilar ishtirok etayotgan bir paytda, Farg’ona davlat universitetining Sport faoliyati fakulteti talabalari ham ilk kundanoq faol qatnashib, munosib natijalar bilan ishtirok etishdi.
G‘urur bilan ta’kidlaymiz – birinchi kun natijalari quyidagicha:
1-o‘rin sohiblari:
Sagambayeva Azizaxon – 2-kurs, 51-24 guruh talabasi
Abduvaxobova Xavasxon – 2-kurs, 51-24 guruh talabasi
2-o‘rin sohiblari:
Jalolddinova O‘giloy – 2-kurs, 51-24 guruh talabasi
Vaxobov Asadbek – 2-kurs, 51-24 guruh talabasi
3-o‘rin: Saidov Asilbek – 2-kurs, 51-24 guruh talabasi
Musobaqaning ilk kunida talabalarimizning erishgan bu kabi yuqori natijalari — ularning muntazam mehnati, kuchli irodasi, murabbiylar ko‘rsatmasiga qat’iy amal qilgani va universitetda sportga yaratilayotgan sharoitlarning natijasidir. Ayniqsa, xalqaro miqyosdagi musobaqada ilk kundanoq yetakchilikni qo‘lga kiritish – bu FarDU sport maktabining yuksak salohiyatidan dalolat beradi.
Ushbu yutuqlar universitetimizda nafaqat ilm-fan, balki sport sohasida ham iqtidorli va yetuk yoshlar kamol topayotganini ko‘rsatmoqda. Talabalarimiz nafaqat dars jarayonida, balki sport maydonlarida ham universitet sha’nini munosib himoya qilmoqda.