
O‘zaro tajriba – o‘sish, yangilanish va rivojlanish garovi.
Xalqaro ta’lim makonida munosib o‘rin egallayotgan Farg‘ona davlat universiteti bugun nafaqat respublikada, balki xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ham faol hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Ana shunday yuksak hamkorliklardan biri — dunyoning TOP-500 reytingiga kiruvchi nufuzli oliygoh — Patris Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) bilan amalga oshirilmoqda.
Filologiya fakultetining rus tili metodikasi kafedrasi dotsentlari ayni kunlarda RUDN universitetida dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Bugungi kunda ular tomonidan xorijlik, xususan, xitoylik talabalar uchun tashkil etilgan mahorat darslari katta qiziqish bilan kutib olindi.
Mazkur darslar davomida o‘zbek russhunos olimlari tomonidan til o‘rgatishning zamonaviy metodik yondashuvlari, interaktiv usullar, lingvistik kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar olib borildi. Talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlash, til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ushbu tashrif xalqaro tajriba almashuvi, ilmiy-metodik hamkorlik va akademik aloqalarni kengaytirish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi. Ayniqsa, xorijiy talabalarga rus tilini o‘rgatishda o‘zbek filolog-mutaxassislarining ishtiroki nafaqat o‘qituvchilar, balki butun universitet nufuzi uchun g‘ururli holatdir.
Mashg‘ulotlar davomida xorijiy talabalarga zamonaviy didaktik materiallar, multimediya vositalari asosida bilim berildi. Bu orqali o‘quvchilarda til o‘rganishga nisbatan yanada katta ishtiyoq uyg‘ondi.
Farg‘ona davlat universitetining filologiya sohasi bo‘yicha xorijiy oliygohlar bilan bunday hamkorliklari nafaqat o‘qituvchilarning malakasini oshirish, balki ta’lim sifatini yuksaltirish, xalqaro reytinglarda universitetning mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.