Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FarDUDA “YOSH KITOBXON” KO’RIK TANLOVI

16:33, 24.10.2025      

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Farg‘ona davlat universiteti Axborot-resurs markazida “Yosh kitobxon” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning badiiy tafakkurini boyitish hamda mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda turli fakultetlardan shakllangan jamoalar “Men yoqtirgan asar” hamda “Eng kitobxon jamoa” kabi shartlar bo‘yicha o‘z bilim va saviyalarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar sevimli adiblarining asarlari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi, asarlardagi g‘oya va obrazlarni tahlil qilib, ijodiy yondashuvlarini namoyon etdilar.

Kitobsevar talabalar tanlov davomida faol ishtirok etishib, o‘zlarining adabiyotga bo‘lgan mehrini, mustaqil fikrlash salohiyatini va badiiy tafakkurini yorqin ifoda etdilar.

Tadbir yakunida hakamlar hay’ati tomonidan eng faol va zukko jamoalar aniqlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Yosh kitobxon” tanlovi nafaqat raqobat ruhi, balki kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarni milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalaridan bahramand etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.