Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FarDU TALABALARIDAN YANGI G’ALABA!

14:23, 25.10.2025      

Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari yurtimiz sha’nini munosib himoya qildilar.

Milliy qadriyatlarimiz va jangovar an’analarimizni o‘zida mujassam etgan o‘zbek jang san’ati bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasi yurtimiz sport jamoalari uchun haqiqiy sinov maydoniga aylandi. Ushbu nufuzli bellashuvda Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ham faol ishtirok etib, o‘z mahoratlari va qat’iyatlarini amalda namoyon etdilar.

Musobaqada fakultetning 1-bosqich talabalari yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, universitetimiz sha’nini yuksak darajada himoya qildilar:

Sotvoldiyeva Muazzamoy — 56 kg vazn toifasida 1-o‘rin

Axmadjonova Madinahon — 60 kg vazn toifasida 1-o‘rin

Ularning bu g‘alabasi nafaqat shaxsiy yutuq, balki jamoaviy mehnat, murabbiylarning fidokorona sa’y-harakatlari va universitetda sport sohasiga berilayotgan e’tiborning amaliy natijasidir.

Mazkur muvaffaqiyat yosh sportchilarimizning yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, milliy sport turlarini rivojlantirish hamda xalqaro maydonda O‘zbekiston nufuzini yanada yuksaltirish yo‘lidagi intilishlarini yaqqol ifoda etadi.