
Farg‘ona davlat universitetida yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni global jarayonlarda faol ishtirok etishga ruhlantirish maqsadida navbatdagi “Kelajak soati” ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotda Chet tillari va Jismoniy madaniyat fakultetlari talabalari ishtirok etdilar. Tadbirga O‘zbekistonning faxrli siymolari — O‘zbekiston Qahramoni Botirjon Temirov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Shavkatjon To‘ychiyev tashrif buyurdilar.
Dars davomida ishtirokchilarga:
O‘zbekistonning jahon maydonidagi o‘rni,
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro ahamiyati,
zamonaviy dunyoda yoshlarning mas’uliyati va tashabbuskorligi,
milliy qadriyatlar va global tamoyillar uyg‘unligi kabi mavzularda chuqur mazmunli ma’lumotlar berildi.
Botirjon Temirov yoshlarga vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlari haqida so‘z yuritib, yurt taraqqiyoti yo‘lida har bir yoshning hissasi muhimligini ta’kidladi. Shavkatjon To‘ychiyev esa bugungi globallashuv jarayonida intellektual salohiyat, chet tillarini o‘rganish va ma’naviy dunyoni boyitishning ahamiyatiga to‘xtaldi.
Tadbir interfaol ruhda o‘tdi. Talabalar mehmonlarga savollar bilan murojaat qildilar, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va mavzu bo‘yicha ilmiy hamda ma’naviy dunyoqarashlarini yanada boyitdilar.
Mazkur ma’rifiy uchrashuv yoshlar qalbida:
- yurtga sadoqat
- global fikrlash
- ma’naviy yetuklik
- kelajakka mustahkam ishonch
tuyg‘ularini yanada kamol toptirdi.
“Kelajak soati” ma’rifat loyihasi — yoshlarni zamonaviy dunyo bilan teng qadam tashlashga, ularda mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim platformadir. Farg‘ona davlat universitetidagi ushbu mashg‘ulot talabalarga kuchli motivatsiya, yangi bilimlar va kelajak uchun katta maqsadlar bag‘ishlamoqdа.