
Farg‘ona davlat universitetida talabalarning ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalar ishtirok etdilar. Yig‘ilish avvalida universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlar masalasiga qaratilayotgan oliy darajadagi e’tibor haqida batafsil ma’lumot berdi. U o‘z nutqida:
yoshlarga oid davlat siyosati,
ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, ta’lim, ilm-fan va startap tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar
xususida ta’kidlab, universitet yoshlarining har bir g‘oyasi va tashabbusi qo‘llab - quvvatlanishini alohida qayd etdi.
Tadbir davomida Yoshlar ittifoqi yetakchisi o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi. Unda:
- yoshlar bandligini ta’minlash,
- madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish,
- volontyorlik faoliyatini kengaytirish,
- sport va ijodiy loyihalar,
- ijtimoiy faollikni oshirish bo‘yicha tashabbuslar
kabi yo‘nalishlardagi faoliyat natijalari yoritildi.
Saylov jarayonida yetakchi lavozimiga nomzodlar o‘z saylovoldi dasturlari bilan tanishtirib, yoshlar orasida muhim tashabbuslar, ijtimoiy g‘oyalar va ta’lim jarayonini yanada faollashtirish bo‘yicha takliflarini ilgari surdilar.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Azamjon Jabborov Farg‘ona davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib saylandi.
Tadbir yakunida yangi saylangan: boshlang‘ich tashkilot kengashi a’zolari,
fakultetlar bo‘yicha Yoshlar ittifoqi koordinatorlari tanishitirildi va ularga mas’uliyatli vazifalarda muvaffaqiyat tilandi. Ushbu hisobot-saylov yig‘ilishi universitetda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada rivojlantirish, ularni qo‘llab - quvvatlash hamda ilg‘or tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda muhim qadam bo‘ldi. Farg‘ona davlat universiteti yoshlarining yangicha fikr va orzu-intilishlari, faol fuqarolik pozitsiyasi oliygohning kelajakdagi muvaffaqiyatlarida muhim o‘rin tutadi.
