Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​Ingliz tili va adabiyoti fakultetida talabalar talaffuz mahoratini oshirmoqda!

11:13, 30.10.2025      


Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Amaliy ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida turli to‘garak mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.

Shulardan biri — “PhonoQuest” nomli to‘garak bo‘lib, u talabalar uchun ingliz tili talaffuzi va fonetikasini chuqur o‘rganish, nutq ohangini to‘g‘ri shakllantirish hamda so‘zlashuv jarayonida tabiiy talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini yaratmoqda.

To‘garak rahbari S.Shermamatova boshchiligida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda interaktiv usullar, tovush o‘yinlari, tinglab tushunish mashqlari hamda ijodiy topshiriqlar orqali talabalar ingliz tili talaffuzini mukammallashtirishga intilmoqda.

“PhonoQuest” – bu aniq talaffuz, chiroyli nutq va ishonchli muloqot sari qadam!