Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

XALQARO HAMKORLIK — FarDU DELEGATSIYASI KALININGRADDA

08:49, 31.10.2025      

Xalqaro hamkorlik doirasida Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasi Rossiyaning Kaliningrad shahrida rasmiy tashrifni amalga oshirdilar. Tashrif davomida FarDU Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari — Sh. Usmonov, M. Isakova va E. Mirzajonova Immanuel Kant nomidagi Boltiq federal universiteti rektori Maksim Viktorovich Demin bilan uchrashdilar.

Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Uchrashuvda tomonlar:

tashrifdan ko‘zlangan maqsadlar, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari,

o‘zaro ilmiy va metodik tajriba almashish yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, Farg‘ona davlat universiteti rektori nomidan Boltiq federal universiteti rahbariyatiga ramziy va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Suhbat davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish kelishib olindi:

- xalqaro ta’lim hamkorligini mustahkamlash;

- ilmiy va o‘quv jarayonlarida professor-o‘qituvchilar tajriba almashinuvi;

- talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

- bakalavr va magistratura yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini shakllantirish.

Ushbu kelishuvlar FarDU talabalari va ilmiy xodimlari uchun xalqaro ta’lim maydoniga kengroq chiqish, raqobatbardosh bilim va malakalar egallash imkoniyatlarini yanada oshiradi.

Mazkur tashrif Farg‘ona davlat universitetining xalqaro nufuzini yuksaltirish, ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish borasidagi izchil ishlarning yana bir amaliy isbotidir. Kelgusida ikki universitet o‘rtasida qo‘shma loyihalar, ilmiy konferensiyalar va akademik almashinuv dasturlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.