Farg‘ona davlat universitetining ilmiy salohiyati yana bir yuksak natija bilan boyidi. Chet tillari fakulteti Nemis va fransuz tillari kafedrasi mudiri, Xasanova Ozodaxon Qurvonali qizi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Dissertatsiya mavzusi:
“Bo‘lajak nemis tili o‘qituvchilarida xatolarni bartaraf etishda metakognitiv kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi”
Mazkur ilmiy tadqiqot xorijiy tillar o‘qitilishida metakognitiv yondashuvni takomillashtirish, talabalarning mustaqil va ongli o‘quv faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, til o‘qitish metodikasi sohasiga muhim ilmiy hissa qo‘shadi.
Himoya jarayoni FarDU huzuridagi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli bir martalik Ilmiy kengashda bo‘lib o‘tdi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya yuqori baholandi va 100% ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi. Bu esa tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuksak darajada ekanidan dalolat beradi.
Xasanova Ozodaxon Qurvonali qizining ushbu yutug‘i:
universitet ilmiy salohiyatining yuksalishi,
xorijiy tillar o‘qitish metodikasini rivojlantirish,
yosh tadqiqotchilar uchun namuna va motivatsiya
sifatida katta ahamiyatga ega.