Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

ILMIY XABARLAR

13:51, 04.11.2025      

Vatanparvarlik tarbiyasiga bag‘ishlangan dissertatsiya 100% ovoz bilan himoya qilindi.

Harbiy ta’lim fakultetning Uslubiy tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi Madaliyev Raxmiddin Ismoilovich o‘zining “Talabalarda vatanparvarlikni artpedagogika vositasida rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi ilmiy tadqiqotini muvaffaqiyatli yakunladi.

Ushbu dissertatsiya 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika) ixtisosligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan bo‘lib, Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07 raqamli Ilmiy kengash majlisida 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Bu natija nafaqat ilmiy jamoamizning, balki butun universitetimizning katta yutug‘i bo‘ldi.

Bugungi globallashuv davrida yoshlar ongida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrash va yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash — davlatimiz ta’lim siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Madaliyev Raxmiddin Ismoilovichning ilmiy ishlari bu borada yangicha yondashuv – artpedagogika, ya’ni san’at vositasida tarbiyaviy jarayonlarni boyitish uslubini taklif etadi. Ushbu yo‘nalish yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda ijodiy fikrlash, ma’naviy yetuklik va yurtga muhabbat tuyg‘ularini kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.