Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FarDUda YANA BIR YUKSAK ILMIY NATIJA!

16:18, 04.11.2025      

Bo‘lajak o‘qituvchilarda raqamli madaniyatni shakllantirishga bag‘ishlangan DSc dissertatsiyasi 100% ovoz bilan himoya qilindi.

Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakultetining Pedagogika kafedrasi doktoranti Narkabilova Gulnoza Pulatovna o‘zining “Aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli madaniyatini shakllantirishning pedagogik tizimi” mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqotini muvaffaqiyatli yakunladi.

Mazkur dissertatsiya 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan bo‘lib, Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik Ilmiy kengash yig‘ilishida 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Bu natija ilmiy hamjamiyatimizning salohiyati, universitetimizdagi ilmiy maktablarning kuchi va professor-o‘qituvchilarimizning yuksak ilmiy izlanishlarini yana bir bor tasdiqlaydi.

Zamonaviy ta’lim jarayonlari tobora raqamli muhitga ko‘chib borayotgan bugungi kunda o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasi va madaniyati — ta’lim sifatining asosiy omili hisoblanadi.

Gulnoza Narkabilovaning ilmiy ishida:

  • -aralash ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish,
  • -raqamli kompetensiyalarni bosqichma-bosqich shakllantirish,
  • -pedagoglarning raqamli madaniyatini rivojlantirish modeli,
  • -zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi raqamli muloqot standartlari,
  • -ilmiy asoslangan holda ishlab chiqildi.

Ushbu tadqiqot natijalari ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, yosh pedagoglarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim tizimida innovatsion muhitni mustahkamlashda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.