
Farg‘ona davlat universiteti – QS Stars xalqaro reytingida 4 yulduz! Farg‘ona davlat universiteti (FarDU) xalqaro miqyosda navbatdagi yirik yutug‘iga erishdi — nufuzli QS Stars xalqaro reyting tizimi tomonidan umumiy 4 yulduzli “Rated for Excellence” (“A’lo darajadagi universitet”) darajasi bilan taqdirlandi. Bu natija nafaqat universitet jamoasining fidokorona mehnati, balki butun O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro maydondagi obro‘sining ortib borayotganini yaqqol ifodalaydi.
QS Stars — bugungi kunda dunyoning eng obro‘li reyting tizimlaridan biri bo‘lib, u universitetlarni 50 dan ortiq mezon asosida har tomonlama baholaydi. Tizimda ta’lim sifati, infratuzilma, boshqaruv, bitiruvchilarning bandligi, xalqaro hamkorlik, ijtimoiy ta’sir, turli-tumanlik va inklyuzivlik kabi yo‘nalishlar inobatga olinadi.
Shunday yirik mezonlar asosida baholanib, Farg‘ona davlat universitetining 4 yulduzli natijaga erishgani — uning faoliyati xalqaro standartlarga to‘liq mos ravishda yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi.
5 yulduzli natijalar — FarDUning yuksak ta’lim sifat belgisi. Farg’ona davlat universitetida o‘quv dasturlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va talabalarning yuqori darajadagi qoniqishi – bu yo‘nalishda erishilgan muvaffaqiyatlarning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Infratuzilma – 5 yulduz. Universitet zamonaviy o‘quv binolari, raqamli kutubxona, ilg‘or laboratoriyalar, qulay sport majmualari hamda raqamli ta’lim infratuzilmasi bilan faxrlanadi. Bu esa ta’lim sifatining uzluksiz yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Yaxshi boshqaruv – 5 yulduz. FarDUda boshqaruv tizimi ochiqlik, samaradorlik va strategik rejalashtirish tamoyillariga asoslangan. Ichki nazorat va sifat menejmenti tizimining takomillashuvi barqaror rivojlanish kafolatidir.
Bitiruvchilarning bandligi – 5 yulduz. FarDU bitiruvchilari mehnat bozorida yuqori talabga ega, ko‘plab mahalliy va xorijiy ish beruvchilar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bu ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi mustahkam aloqaning natijasidir.
Xalqaro maydonda faol ishtirok — yangi marralar sari. Reyting natijalariga ko‘ra, universitet ijtimoiy ta’sir, san’at va madaniyat, turli-tumanlik va inklyuzivlik yo‘nalishlarida 3 yulduzli natijani qayd etdi. Bu yo‘nalishlarda ham izchil rivojlanish kuzatilmoqda. Xususan, FarDU:
Izchil islohotlar — barqaror muvaffaqiyat garovi. Bu yuksak yutuq — universitet jamoasining ko‘p yillik fidokorona mehnati, ilmiy izlanishlar, xalqaro hamkorlik va ta’lim sifatini oshirish borasidagi izchil islohotlarining natijasidir.
FarDU bugun nafaqat mintaqaviy, balki global ta’lim maydonida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Universitetning maqsadi — ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish, innovatsion ta’lim usullarini joriy etish va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan yetakchi oliy ta’lim maskaniga aylanishdir.
FarDU — sifatli ta’lim, ilmiy yangilanish va xalqaro e’tirof sari dadil qadamlar bilan! Farg‘ona davlat universitetining QS Stars reytingida 4 yulduzli natijaga erishgani — bu nafaqat universitet jamoasi, balki butun O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun faxrli voqeadir. Ushbu natija FarDUning xalqaro ta’lim makonida barqaror rivojlanayotgan, raqobatbardosh va istiqbolli universitet ekanini yana bir bor tasdiqladi.