Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

YANGI ILMIY TADQIQOT HIMOYASI

14:30, 06.11.2025      

Farg‘ona davlat universiteti ilmiy jamoasi uchun yana bir muhim yutuq! Universitetning iqtidorli tadqiqotchisi Botirov Elyorbek Arabboyevich biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida tayyorlagan “Farg‘ona vodiysi Noctuini tunlamlari (Insecta: Noctuidae) faunasi va ekologiyasi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Mazkur tadqiqot 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi doirasida amalga oshirilib, unda Farg‘ona vodiysining kechki kapalaklar (tunlamlar) tur tarkibi, ekologik xususiyatlari hamda ularning qishloq xo‘jaligi ekinlariga ta’siri ilmiy jihatdan atroflicha o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari mintaqaviy entomofaunaning boyligini ochib berish, zararkunandalarga qarshi ekologik xavfsiz kurash choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Himoya Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD dissertatsiya kengashi majlisida bo‘lib o‘tdi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya ishi yuqori baholandi va 100 foiz ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi. Bu natija tadqiqotchining ilmiy izlanishlari, mehnatsevarligi va soha rivojiga qo‘shgan hissasining e’tirofi sifatida baholandi.

Botirov Elyorbek Arabboyevichning mazkur ilmiy ishi orqali Farg‘ona vodiysi tabiiy resurslarini saqlash, entomologik monitoring tizimini takomillashtirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha yangi ilmiy tavsiyalar ishlab chiqildi.