
Bugungi globallashuv va yuqori tezlikda o‘zgarayotgan davrda xavfsizlik madaniyati — har bir yoshning eng muhim tamoyillaridan biridir. “Kelajak soati” dasturi bu borada yoshlarga keng dunyoqarash, mas'uliyat va xabardorlik beradi.
FarDUda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy darslar talabalarning nafaqat bilimini, balki hayotiy tayyorgarligini ham mustahkamlamoqda.
Xususan, Harbiy ta’lim fakultetida ham yoshlarda ongli hayot kechirish, mas'uliyatli qarorlar qabul qilish va xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan “Kelajak soati” loyihasi izchil davom etmoqda. Ushbu tashabbus doirasida 10-mavzu — “Xavfsiz hayot” bo‘yicha navbatdagi ma’rifiy dars bo‘lib o‘tdi.
Darsni Harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘i, podpolkovnik Alisher Raximov olib bordi. U talabalar bilan muloqot chog‘ida kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish, shaxsiy va jamoaviy xavfsizlik qoidalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, talabalarga quyidagilar bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi:
favqulodda holatlarda o‘zini tutish tartibi;
yong‘in va tabiiy ofatlar vaqtida harakatlanish qoidalari;
kiberxavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish tamoyillari;
talabalik hayotida to‘qnash kelinadigan psixologik xavflar va ularga qarshi kurash usullari;
jamoat joylarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar.
Uchrashuv iliq, samimiy va faollikka boy muhitda o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, hayotiy vaziyatlarga asoslangan misollar orqali bilimlarini mustahkamladilar. Ma’ruzachi ularga nafaqat nazariy bilim, balki shaxsiy amaliy tajriba asosida foydali maslahatlar berdi.