Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“YANGI O’ZBEKISTON ORZUSI” — TARAQQIYOT VA ISLOHOTLAR DAVRINING MILLIY TARANNUMI

11:35, 08.11.2025      

Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Doniyorov qalamiga mansub “Yangi O‘zbekiston orzusi” nomli yangi kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur asar mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jamiyat hayotida kechayotgan ijobiy o‘zgarishlar va xalqimizning bunyodkorlik ruhi ifodasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda yangi davrning ruhiy manzarasi chuqur yoritib berilgan.

Taqdimot tadbirida Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov nomidan Axborot xizmati bo‘lim boshlig‘i Nuriddin Raxmonov so‘zga chiqib, muallifni va “Yangi O‘zbekiston” gazetasi jamoasini yangi nashr bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z chiqishida yurtimizda, xususan, oliygohda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda OAV vakillarining faol ishtirokini alohida e’tirof etdi.

— “Bugungi kunda ‘Yangi O‘zbekiston’ g‘oyasi xalqimiz tafakkurida yangicha dunyoqarash, yangilanish, yaratuvchanlik va fidoyilik ramziga aylandi. Salim Doniyorovning yangi asari ham ana shu ruhni ifodalab, milliy o‘zlik va taraqqiyot g‘oyasini badiiy talqin orqali keng ommaga yetkazadi,” — dedi Nuriddin Raxmonov o‘z nutqida.

Tadbir ishtirokchilari kitob sahifalarida aks etgan hayotiy lavhalar, vatanparvarlik ruhidagi maqolalar va jurnalistik kuzatuvlar orqali mamlakatimizda kechayotgan ijobiy o‘zgarishlarni chuqur his etishlarini bildirishdi.

“Yangi O‘zbekiston orzusi” nafaqat jurnalistning kuzatuv va tahlil mahsuli, balki bugungi O‘zbekistonning intilishlari, fuqarolarining ezgu orzulari va taraqqiyot sari yo‘nalgan ishonchli qadamlari ifodasidir.

Shunday tadbirlar yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik, va yangilanish jarayonlariga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Yangi O‘zbekiston orzusi” — bu nafaqat bir asar nomi, balki har bir yurtdoshimiz qalbida yashayotgan bunyodkor orzu, ezgu maqsad va kelajakka ishonch ramzidir.