
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari davom etmoqda. Ushbu yirik xalqaro musobaqada Farg‘ona davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti Boks yo‘nalishi 02/23 guruh talabasi Yusufova Zilola ajoyib natija qayd etdi. 51 kg vazn toifasida bellashgan Zilola kuchli raqiblarni ortda qoldirib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu natija nafaqat talabaning shaxsiy mehnatining samarasidir, balki universitetimiz sport maktabining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, joriy yilning 7–9 noyabr kunlari Andijon viloyatida sportning erkin kurash yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada ham Farg‘ona davlat universiteti sportchilari munosib ishtirok etib, medallarni qo‘lga kiritdilar. Anvarbekov Sanjarbek erkaklar o‘rtasida kuchli raqiblarni ortda qoldirib, 1-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, Tojimamatov Amirxon va Mamadaliyev Muhammadali 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, universitetimizning muvaffaqiyatlar qatorini yanada boyitdilar.

Bu yutuqlar universitet sportchilari tinimsiz mashg‘ulotlar, qat’iyat va fidoyilikning natijasi ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Ularning xalqaro va milliy maydonlardagi muvaffaqiyatlari nafaqat shaxsiy yutuqlar, balki universitetimiz sport maktabi va O‘zbekiston yoshlarini ruhlantiruvchi yorqin namunadir.