Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

BIZNING TALABA “WORLD TALENTS” XALQARO TANLOV G’OLIBASI!

10:27, 12.11.2025      

2025-yil 6–8 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “WORLD TALENTS” xalqaro tanlovida Farg‘ona davlat universiteti Magistratura bo‘limi, “Musiqa ta’limi va san’at” mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Muxiddinova Mohidil Asiljon qizi o‘zining ijodiy mahorati bilan xoreografiya yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tanlovda mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalari va xalqaro ishtirokchilar qatnashdi. Muxiddinova Mohidil Asiljon qizi o‘zining noyob ijodiy uslubi, sahnadagi o‘ziga xos chiqishi va texnik mahorati bilan hakamlar hay’atining e’tiborini tortdi hamda eng yuqori bahoga loyiq topildi.

Ushbu g‘alaba nafaqat Muxiddinova Mohidilning shaxsiy muvaffaqiyati, balki FarDU talabalari va universitet jamoasi uchun katta faxr bo‘ldi. Universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar g‘alabani yuqori baholab, yosh ijodkorni samimiy tabrikladi va kelgusidagi faoliyatida yangi yutuqlar tiladi.

Muxiddinova Mohidil Asiljon qizi endilikda xalqaro sahnalarda o‘zini sinab ko‘rish, tajriba almashish va yangi ijodiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu g‘alaba FarDUning san’at va musiqaga bo‘lgan e’tiborini yanada namoyon etmoqda va yosh iste’dodlarni rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.