Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

REKTOR UCHRASHUVLARI: FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI JAMOASI BILAN OCHIQ MULOQOT

10:30, 12.11.2025      

Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov Fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan ilmiy salohiyatni rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ochiq uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir ochiq muloqot ruhida kechib, fakultet jamoasida ilmiy va pedagogik faoliyatni yanada samarali tashkil etish yo‘nalishlarini belgilashga qaratildi.

Uchrashuv davomida rektor professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda yosh kadrlarni ilmiy izlanishlarga jalb etish, ularning tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish va ilmiy loyihalarda faol ishtirokini oshirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, fakultet olimlarining maqolalari sifatini yaxshilash, xalqaro konferensiyalar va reytinglarda faol ishtirok etish bo‘yicha strategik vazifalar belgilandi.

  • -Suhbat chog‘ida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi:
  • -Fakultet talabalarini va yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb qilish,
  • -Xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish va ularning sifatini oshirish,
  • -Ilmiy loyihalar va grantlar bilan faol ishlash,
  • -Ilmiy natijalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish va amaliyotga tatbiq etish.

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, professor-o‘qituvchilar o‘z fikrlarini bildirdi, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Rektor Shermuhammadov fakultet jamoasining ilmiy izlanishlarga bo‘lgan mas’uliyatini yuqori baholab, kelgusida yanada muvaffaqiyatli natijalarga erishish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Bo’lib o’tgan uchrashuv Fizika-matematika fakultetida ilmiy salohiyatni oshirish, yosh kadrlarni rag‘batlantirish va universitetning xalqaro ilmiy maydondagi mavqeini kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.