
Farg‘ona davlat universitetida “Startup Day – Fergana” tadbiri muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbir viloyat hokimligi, vazirliklar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan bo‘lib, yoshlar, startap jamoalari va investorlarni bir platformada birlashtirdi.
“Startup Day – Fergana”da 300 dan ortiq ishtirokchi, 30 ta startap jamoasi va 10 ga yaqin investor qatnashdi. Tadbir davomida yosh tadbirkorlar o‘z loyihalarini taqdim etdi va investitsion imkoniyatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.
Xususan, “Enola” va “DentalSoft” loyihalari IT Park Ventures tomonidan investitsion takliflarni olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa FarDU yoshlarining innovatsion g‘oyalari real biznes imkoniyatlari bilan qo‘llab-quvvatlanayotganining yorqin misoli bo‘ldi.
Tadbirning ochilish marosimida: Bahodirjon Shermuhammadov — FarDU rektori,
Uchrashuv davomida mehmonlar yoshlarga startap sohasida muvaffaqiyatga erishish, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish va o‘z biznesini rivojlantirish yo‘lida ilhomlantiruvchi fikrlar bildirdi.
Tadbir yoshlar o‘rtasida startap ekotizimini rivojlantirishga, innovatsion g‘oyalarga qiziqishni oshirishga, shuningdek, biznes loyihalarni investorlar bilan bog‘lash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi. Ishtirokchilar nafaqat o‘z startaplarini namoyish etish, balki muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
“Startup Day – Fergana” tadbiri FarDU yoshlarining ijodiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirish, ularni startap sohasida faol bo‘lishga undash va real investitsion imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.
