Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

MA’NAVIYAT KENGASHIDA YANGI VAZIFALAR BELGILANDI

12:48, 12.11.2025      

Farg‘ona davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda soha bo‘yicha mas’ul rahbarlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda faol talabalar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish avvalida mas’ullar tomonidan o‘tgan davr davomida universitetda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan:

  • -talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan loyihalar,
  • -yoshlar ma’naviyatini mustahkamlashga xizmat qiladigan uchrashuv va seminarlar,
  • -milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi ma’rifiy uchrashuvlar singari tashabbuslarning natijalari atroflicha yoritildi.

Yig‘ilishda ta’lim jarayonida talabalarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirish, ularni ijtimoiy faollikka undash, axborot xurujlari davrida fikrlar mustaqilligini kuchaytirish kabi masalalar tanqidiy tahlil qilindi.

Yig‘ilish yakunida kelgusida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan bir qator aniq vazifalar belgilandi. Ular orasida:

  • -fakultetlarda ma’naviyat soatlarini sifat jihatidan boyitish,
  • -yoshlar bilan individual ishlash tizimini kuchaytirish,
  • -ijtimoiy-ma’naviy loyihalarni kengaytirish,
  • -professor-o‘qituvchilarning ma’naviyat targ‘ibotidagi rolini oshirish kabi yo‘nalishlar alohida qayd etildi.

Farg‘ona davlat universiteti Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishi yoshlarning ma’naviy kamoloti, ma’rifiy dunyoqarashi va barkamol shaxs bo‘lib yetishishiga xizmat qiladigan muhim tashabbuslarni yanada takomillashtirishga zamin yaratdi.