
Farg‘ona davlat universitetida 11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan jamoatchilik ishtirokida katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir oliygoh xodimlari, professor-o‘qituvchilar, kasaba uyushmasi faollari va talabalar uchun haqiqiy bayram ruhini yaratdi.
Dastlab so‘z olgan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov barchani qutlug‘ sana bilan muborakbod etib, kasaba uyushmalarining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Rektor o‘z nutqida ushbu sana:
Tadbir davomida o‘zining fidokorona mehnati, namunali faoliyati va mas’uliyatli yondashuvi bilan ajralib turgan bir guruh ishchi-xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar alohida rag‘batlantirildi. Ular universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Bu e’tirof nafaqat ularning mehnatini qadrlash, balki FarDU jamoasida hurmat, rag‘bat va muvozanat tamoyillarining ustuvor ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Tadbirning badiiy qismi ham barchada katta taassurot qoldirdi. El suygan san’atkorlar, shuningdek, universitetning iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar, raqslar va jonli chiqishlar yig‘ilganlarga quvonch, iliqlik va ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Farg‘ona davlat universitetida Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan ushbu tadbir jamoada birdamlikni mustahkamlash, mehnatkash insonlar qadri va hurmatini ulug‘lash, hamda ijtimoiy hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
