Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

REKTOR UCHRASHUVLARI: ILMIY RIVOJLANISHNING YANGI YO’NALISHLARI

08:53, 13.11.2025      

Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan fakultetlar kesimida muntazam tashkil etilayotgan uchrashuvlar jarayonida bugun Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan mazmunli muloqot o‘tkazildi. Tadbir ochiq, samimiy va amaliy takliflarga boy ruhda kechdi.

Ilmiy salohiyat va ta’lim sifatini oshirish – asosiy e’tiborda

Uchrashuv davomida fakultetdagi ilmiy muhitni rivojlantirish, yosh kadrlarni ilmiy izlanishlarga faol jalb etish, o‘quv jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish kabi qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Rektor o‘z nutqida tarix fanining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib, tarixiy tadqiqotlarda:

  • -innovatsion metodlarni qo‘llash,
  • -raqamli texnologiyalar asosida yangi yondashuvlar joriy etish,
  • -arxiv materiallari bilan ishlashni takomillashtirish,
  • -iqtidorli talabalarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar bildirdi.

Tadbir davomida fakultet jamoasi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar, yangi ilmiy loyihalar va ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish bo‘yicha fikrlar e’tibor bilan tinglandi. Rektor Shermuhammadov pedagoglar faoliyati va ularning fidoyiligi yuqori baholanishini ta’kidlab, fakultet jamoasiga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Mazkur uchrashuv Tarix fakultetida ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, ta’lim sifatini yanada yuksaltirish va o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvlarni keng tatbiq etish bo‘yicha yangi bosqichni boshlab berdi.