
Farg‘ona davlat universitetida talabalarga yaratilayotgan sharoitlarni doimiy ravishda o‘rganish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugun universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov Farg‘ona shahrining “Yoshlar” mahallasi, Universitet ko‘chasi hamda Madaniyat ko‘chasi hududida joylashgan bir qator ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida rektor Ingliz tili va adabiyoti, shuningdek, Chet tillari fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularning:
Uchrashuv samimiy muloqot ruhida o‘tib, talabalarga qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berildi. Rektor ularni muntazam o‘qish, intilish va o‘z ustida ishlashga chaqirib, ijara sharoitlari muntazam nazorat ostida bo‘lishini ta’kidladi.
Talabalar rektorning bevosita tashrifi, ochiq muloqot va bildirgan g‘amxo‘rligidan mamnun bo‘lib, universitet rahbariyatining doimiy e’tibori ularning ta’lim olish va yashash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini alohida qayd etishdi.
Bugungi tashrif universitetda talabalarning manfaatlarini ustuvor qo‘yish, ularning yashash sharoitlari va ta’lim jarayonini yaxshilashga qaratilgan doimiy e’tiborning amaldagi ifodasi bo‘ldi. Oliygoh rahbariyati bundan buyon ham talabalar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etishni rejalashtirgan.
