Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

REKTOR VA YOSHLAR: TARG’IBOTCHI GURUH A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV

09:41, 14.11.2025      

Farg‘ona davlat universitetida rektor Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligida talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni chuqur targ‘ib etishga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘z olgan rektor, bugungi globallashuv davrida yoshlarning siyosiy savodxonligi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash juda muhim ekanini ta’kidladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning asl mazmun-mohiyati to‘g‘ri talqin qilinishi va talabalarga yetkazilishi kerakligi qayd etildi.

Shu nuqtai nazardan, uchrashuvda yoshlarning:

  • -ijtimoiy faolligini oshirish,
  • -vatanparvarlik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash,
  • -keng jamoatchilik bilan samarali kommunikatsiya o‘rnatish kabi dolzarb vazifalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida targ‘ibotchi ishchi guruh a’zolariga quyidagi asosiy yo‘nalishlarda mas’uliyat yuklandi:

  • -Mamlakatimizda kechayotgan islohotlarni talabalarga tizimli, aniq va tushunarli shaklda yetkazish;
  • -Talaba-yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar, munozaralar va ochiq muloqotlar tashkil qilish;
  • -Ijtimoiy tarmoqlarda faol axborot-targ‘ibot ishlarini olib borish, ishonchli ma’lumotlarni ommaga yetkazish;
  • -Talabalarda fuqarolik pozitsiyasi, ijtimoiy mas’uliyat va milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.

Targ‘ibotchilar ushbu vazifalarni samarali bajarish orqali yurtimizda davom etayotgan islohotlarni keng yoritish, yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarash va mustahkam hayotiy pozitsiyani shakllantirishga hissa qo‘shishlari zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida targ‘ibotchi guruh a’zolariga amaliy topshiriqlar berilib, yaqin kunlarda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha batafsil yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Rektor mazkur jarayonda har bir a’zoning mas’uliyatli bo‘lishi, yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuvlar qo‘llanishi zarurligini alohida qayd etdi.

Mazkur tadbir universitetda targ‘ibot ishlarini tizimli, samarali va zamonaviy yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yish uchun muhim bosqich bo‘ldi.