
Farg‘ona davlat universitetida ta’lim jarayoni sifatini oshirish, ilmiy faoliyat samaradorligini kuchaytirish va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘zaro ochiq va samimiy muloqot tashkil etdi.
Uchrashuvda avvalo ta’lim jarayonining zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirilishi, o‘quv dasturlarining amaliyotga yaqinlashtirilishi, interaktiv o‘qitish metodlarini keng qo‘llash kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Rektor, ayniqsa, iqtisodiyot yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar zimmasiga qo‘yilgan mas’uliyatni ta’kidlab, talabalarni amaliy ko‘nikmalarga ega, global bozor talablari bilan tanish, raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlash zarurligini qayd etdi.
Muloqot davomida fakultet olimlarining ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, grantlar va xalqaro loyihalar sonini oshirish, ilmiy maqolalar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini iqtisodiyotning real sektori bilan integratsiya qilish masalasiga alohida urg‘u berildi.
Uchrashuvda zamonaviy texnologiyalar, xususan sun’iy intellekt imkoniyatlarini ta’lim va ilmiy faoliyatda qo‘llash masalalari ham muhokama qilindi. Shuningdek:
Uchrashuv yakunida professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, fakultetning ichki boshqaruv tizimini yanada samarali tashkil etishga doir turli takliflar bildirildi. Muloqot ochiq, konstruktiv va samimiy kayfiyatda o‘tdi.
Mazkur yig’ilish Iqtisodiyot fakultetida ta’lim va ilmiy faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda jamoa bilan samarali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
