Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

XALQARO HAMKORLIK: FarDU HAMDA GERMANIYANING FAU UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK

08:53, 15.11.2025      


Farg‘ona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorant va magistrantlari Germaniyaning nufuzli Friedrich-Alexander-Universität Erlangen-Nürnberg (FAU) universiteti bilan hamkorlikda DAAD granti loyihasida faol ishtirok etmoqda.

QS xalqaro reytingida 224-o‘rinda turuvchi FAU universiteti bilan amalga oshirilayotgan loyiha ta’limni xalqarolashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va o‘quv jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirishga qaratilgan. Ushbu hamkorlik universitetning ilmiy salohiyatini oshirish va talabalarni xalqaro standartlar asosida tayyorlashga xizmat qiladi.

FAU (Erlangen–Nyurnberg) universitetida o‘tgan uchrashuvda Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasi, xususan fakultet dekani Bekzod Baydjanov faol ishtirok etdi. Baydjanovning ilmiy hamkorlik va akademik mobillik bo‘yicha ilg‘or takliflari FAU rahbariyatida katta qiziqish uyg‘otdi. Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

QS reytingida 224-o‘rinda turuvchi FAU prezidenti Prof. Dr. Joachim Hornegger uchrashuvdan so‘ng ijtimoiy tarmoqda delegatsiya tashrifini yuqori baholab, Baydjanovning tashabbuskor fikrlarini iliq ta’kidlab o‘tdi (LinkedIn havola (https://de.linkedin.com/in/joachim-hornegger-b692ba2?trk=public_post_feed-actor-name)). Bu esa hamkorlikning nafaqat akademik, balki ijtimoiy jihatdan ham muvaffaqiyatli ekanligini ko‘rsatadi.

Uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi. Endilikda Farg‘ona davlat universiteti talabalari va ilmiy jamoasi uchun FAU universiteti bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar, akademik mobillik va ilg‘or metodikalarni joriy etish imkoniyatlari kengayadi.

Ushbu tashabbus Farg‘ona davlat universitetining xalqaro miqyosdagi mavqeini mustahkamlash va zamonaviy ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.