Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“BAG‘RIKENGLIK HAFTALIGI”

09:02, 15.11.2025      

Farg‘ona davlat universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi — talabalar ongida millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va do‘stlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, kampusda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga hissa qo‘shishdan iboratdir.

Tadbirda Milliy madaniyat markazlari vakillari, jamoatchilik faollari, professor-o‘qituvchilar, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda faol talabalar ishtirok etib, bag‘rikenglikning zamonaviy jamiyat hayotidagi o‘rni, o‘zaro muloqot madaniyati va yoshlar tarbiyasiga ta’siri borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Ular bag‘rikenglik — bu nafaqat bir-birini hurmat qilish, balki jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining eng muhim omillaridan biri ekanini ta’kidlab, yosh avlodni ana shu qadriyatlar asosida tarbiyalash har bir ta’lim muassasasining ustuvor vazifalaridan ekani haqida so‘z yuritdilar.

Tadbirning badiiy qismi esa rang-barang chiqishlarga boy bo‘ldi. Turli millat vakillari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar, milliy raqslar, she’rlar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, mehr-oqibat va totuvlik g‘oyalarini yanada yorqin ifoda etdi. Sahnadagi har bir ijodiy chiqish — madaniy xilma-xillikning go‘zalligini namoyon etdi.

Farg‘ona davlat universiteti o‘zining ko‘p millatli talaba jamoasi bilan faxrlanadi va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan bunday tadbirlar muntazam ravishda tashkil etib kelinadi. “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasidagi ushbu tadbir esa talabalarda do‘stlik, o‘zaro hurmat, tolerantlik kabi fazilatlarni yanada kuchaytirish, ularni ijobiy ruhda birlikka chorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.